Fransiyalik himoyachi Jyul Kunde so‘nggi uchrashuvlarda yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotganiga qaramay, «Barselona»ni tark etish niyatida emas. Bu haqda Diario Sport xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Kunde klubda qolib, bosh murabbiy Xans-Diter Flikka o‘zining imkoniyatlarini isbotlamoqchi. Shu bois u boshqa jamoalardan tushayotgan takliflarni ko‘rib chiqmayapti.
Ayni vaqtda nemis mutaxassisi Kunde uchun asosiy tarkibdan joyni kafolatlamoqchi emas. Shu bilan birga, «Barselona» hozircha futbolchini sotish haqida o‘ylamayapti. Agar vaziyat o‘zgarmasa, klub yanvar oyida bu masalaga yana qaytishi mumkin.
27 yoshli himoyachi joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 5 ta uchrashuvda maydonga tushdi va gol yoki assist qayd etmadi.













