Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

«Sautgempton» murabbiyi raqib mashg‘ulotini yashirincha kuzattirgani uchun jazolandi

«Sautgempton» murabbiyi raqib mashg‘ulotini yashirincha kuzattirgani uchun jazolandi

Baho:
+ | -

Angliya futbol assosiasiyasi «Sautgempton» klubi bosh murabbiyi Tonda Ekkertni raqib jamoa mashg‘ulotlarini yashirincha kuzatish bilan bog‘liq mojaroda ishtirok etgani uchun jazoladi.

Mutaxassisga olti haftalik shartli diskvalifikasiya tayinlandi. Ushbu jazoning ijrosi 2027/28 yilgi mavsum oxiriga qadar to‘xtatib turiladi.

Mojaro o‘tgan mavsumda Angliya Premyer-ligasiga chiqish uchun o‘tkazilgan pley-off bahslari vaqtida yuzaga kelgan.

Xususan, «Midlsbro»ga qarshi yarim final uchrashuvi oldidan Ekkert tomonidan yuborilgan klub xodimi raqib jamoaning mashg‘ulotini yashirincha kuzatayotgan vaqtda aniqlangan.

Bu harakat Angliya futbol ligasi qoidalarining buzilishi sifatida baholangan.

Keyinchalik tergov davomida shu kabi yana bir nechta qoidabuzarlik holatlari ham fosh etilgan.

Natijada «Sautgempton» «Midlsbro»ni ikki o‘yin natijasiga ko‘ra mag‘lub etib, finalga yo‘llanma olganiga qaramay, pley-off bosqichidan chetlatilgan.

Bundan tashqari, klub 2026/27 yilgi mavsumni boshlash oldidan to‘rt ochkodan mahrum qilingan.

Mazkur voqealardan so‘ng Tonda Ekkert yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklar uchun omma oldida uzr so‘ragan.

Angliya futbol assosiasiyasi bosh murabbiyga olti haftalik shartli diskvalifikasiyadan tashqari 28 ming funt sterling miqdorida jarima va rasmiy ogohlantirish ham berdi.

Kiritildi: 16:06, 08.10.2026.
O'qildi: 840 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик