Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/10 12:45 Melburn Viktori 3-0 Seul
14/10 15:00 Kashiva Reysol 5-1 Port
14/10 15:00 Vissel Kobe 2-0 Chonbuk Motors
14/10 17:15 Persib 1-0 Kong-Vittel
14/10 18:45 Nasaf 1-2 Al-Vahda
14/10 21:00 Al-Jaziyra - Arkadag'
14/10 21:00 Kuvayt SK - Xolidiya
14/10 21:00 Al-Muharraq - Gol Gohar
14/10 21:00 At-Ta'vun - Ar-Rayyan
14/10 21:00 Al-Faysaliy - An-Nahda
14/10 21:45 LASK 3-6 Liverpul
14/10 21:45 Feyenoord 3-2 Komo
14/10 23:59 Manchester Siti 2-4 PSJ
14/10 23:59 Roma 3-4 Real Madrid
14/10 23:59 Aston Villa 6-0 Fenerbaxche
14/10 23:59 Betis 3-2 Portu
14/10 23:59 Bude-Glimt 1-0 Borussiya D
14/10 23:59 Slovan 0-3 Shtutgart
14/10 23:59 Shaxtyor 3-1 AEK

«Nyukasl» yozda sotmagan futbolchisini «Manchester Yunayted» yana xarid qilmoqchi

«Nyukasl» yozda sotmagan futbolchisini «Manchester Yunayted» yana xarid qilmoqchi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» kelasi yozda himoya chizig‘ini kuchaytirish maqsadida «Nyukasl» futbolchisi Lyuis Xollni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda.

Sky Sports jurnalisti Danial Xanning Transfer Talk Podcast dasturida ma’lum qilishicha, manchesterliklar 2027 yilgi yozgi transferlar davriga tayyorgarlik ko‘rmoqda va Xoll hamon klubning asosiy transfer maqsadlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

«Menimcha, ular hozir butun e’tiborini kelasi yozga qaratgan. Lyuis Xoll hali ham transfer ro‘yxatining eng yuqori pog‘onasida turibdi.

Maylz Lyuis-Skellini ham e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. «Manchester Yunayted» unga yozgi transferlar davridan avval ham jiddiy qiziqish bildirgan», — dedi jurnalist.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «Manchester Yunayted» «Manchester Siti» himoyachisi Rayan Ait-Nuriga ham qiziqish bildirmoqda.

Manchesterliklar o‘tgan yozda Lyuis Xollni sotib olishga uringan, biroq «Nyukasl» o‘z futbolchisini sotishdan bosh tortgan edi.

Shundan so‘ng klub himoyachi bilan 2031 yilga qadar amal qiladigan yangi shartnoma imzolagan.

Transfermarkt portali Xollning bozor qiymatini taxminan 47 million funt sterlingga baholamoqda.

Lyuis Xoll joriy mavsumda «Nyukasl» safida yettita uchrashuvda ishtirok etib, uchta golli harakatda bevosita qatnashdi. Shuningdek, u maydonga tushgan ikki bahsda jamoasi o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Himoyachining muvaffaqiyatli o‘yinlari Angliya milliy terma jamoasi murabbiylar shtabi e’tiborini ham tortgan.

Xususan, Xoll oktyabr oyidagi xalqaro o‘yinlar uchun ajratilgan tanaffusda Tomas Tuxel tomonidan ilk bor Angliya milliy terma jamoasiga chaqirildi.

Shu tariqa, «Manchester Yunayted» kelasi yozda Xollning transferini amalga oshirishga yana bir bor urinib ko‘rishi mumkin.

Kiritildi: 17:19, 08.10.2026.
O'qildi: 1733 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик