Italiyaning «Milan» klubi boshqaruv tizimida o‘zgarishlar amalga oshirish va tajribali mutaxassislarni jalb qilishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, klub rahbariyatining e’tiboridagi nomzodlardan biri Mehdi Benatia hisoblanadi.
Sobiq futbolchi besh yil avval professional faoliyatini yakunlagan. U 2023 yilda Fransiyaning «Marsel» klubiga sport maslahatchisi sifatida qo‘shilgan.
2025 yilning yanvar oyida marokashlik mutaxassis fransuz klubining sport direktori lavozimiga tayinlangan va mavsum oxirigacha ushbu vazifada ishlagan.
derbyderbyderby.it nashrining xabar berishicha, Benatia hozirda hech bir klubda rahbarlik lavozimini egallamayapti va yangi takliflarni kutmoqda.
Ayni paytda «Milan» Italiya A Seriyasi turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turibdi.













