«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Karrik o‘z lavozimini tark etishi mumkin. Uning o‘rnini egallashga asosiy nomzod sifatida italiyalik mutaxassis Antonio Konte ko‘rilmoqda.
Avvalroq «Yuventus», «Inter», «Napoli», «Chelsi» va Italiya milliy terma jamoasini boshqargan Konte Manchester klubida ish boshlashi mumkin.
«Manchester Yunayted» rahbariyati jamoaning 2026/2027 yilgi mavsumdagi dastlabki natijalaridan qoniqmayapti.
Angliya Premyer-ligasining beshta turidan so‘ng mankunianliklar beshta ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 12-o‘rinni egallab turibdi.
TEAMtalk nashri ma’lumotlariga ko‘ra, aynan Antonio Konte «Manchester Yunayted» rahbariyati tuzgan nomzodlar ro‘yxatida birinchi o‘rinda turibdi.
Italiyalik mutaxassis murabbiylik faoliyati davomida «Chelsi» bilan Angliya Premyer-ligasi chempioni bo‘lgan.
Shuningdek, u «Napoli» va «Inter» bilan Italiya chempionligini qo‘lga kiritgan, «Yuventus» bilan esa ikki marta mamlakat chempioniga aylangan.
Milliy terma jamoalar o‘yinlari munosabati bilan yuzaga kelgan tanaffusdan keyin «Manchester Yunayted» 10 oktyabr kuni o‘z maydonida «Tottenxem»ni qabul qiladi.
Uchrashuv O‘zbekiston vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi.













