Qatarning "Al-Sayliya" klubi ispaniyalik hujumchi Xoselu bilan shartnoma imzolaganini rasmiy sayti orqali e’lon qildi.
Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv muddati oshkor etilmagan.
"Ispaniyalik gigant endi "Al-Sayliya"da", — deb yozdi klub matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda.

Xoselu so‘nggi ikki mavsum davomida Qatarning "Al-G‘arafa" klubi sharafini himoya qilgan.
U barcha musobaqalar doirasida 58 ta uchrashuvda maydonga tushib, 28 ta gol urgan va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Hujumchi avvalroq Madridning "Real", "Espanyol", "Nyukasl", "Stok Siti", "Deportivo", "Gannover", "Ayntraxt" va "Selta" klublarida ham to‘p tepgan.
"Al-Sayliya" Qatar chempionatining joriy mavsumida dastlabki to‘rtta uchrashuvning barchasida mag‘lubiyatga uchragan va turnir jadvalida so‘nggi o‘rinni egallab turibdi.













