Turkiyaning «Galatasaroy» klubi yarim himoyachisi Gabriel Sara Angliya Premyer-ligasining ikki jamoasi transfer ro‘yxatiga kiritildi.
Bu haqda Takvim nashri xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, 27 yoshli braziliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga «Everton» va «Nyukasl» klublari qiziqish bildirmoqda.
Har ikki jamoa yanvar oyida Saraning transferi bo‘yicha taklif yuborishi kutilmoqda.
Gabriel Sara joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida yettita uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol urgan va ikkita golli uzatmani amalga oshirgan.
Braziliyalik yarim himoyachining «Galatasaroy» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali mutaxassislari futbolchining transfer bozoridagi qiymatini 27 million yevroga baholamoqda.













