Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo Vinisius Juniorning joriy mavsum boshidagi ishonchsiz o‘yini haqida fikr bildirib, braziliyalik hujumchini himoya qildi.
«Vinisius o‘zining eng yaxshi o‘yinini ko‘rsatishni, uchrashuvlar taqdirini hal qiladigan futbolchi bo‘lishni xohlayotganini, ammo buning uddasidan chiqa olmayotganini anglash menga og‘ir botmoqda.
U nimalarni boshdan kechirayotganini ko‘rish men uchun og‘riqli.
Meni hayratda qoldirgan jihati shuki, Vinisius nihoyatda professional futbolchi ekan. U avvalgi darajasiga qaytish uchun juda qattiq mehnat qilmoqda.
Men «Real» muxlislarini hurmat qilaman. Biroq ayrim odamlar boshqalarning ta’siri ostida Vinisiusni qo‘llab-quvvatlamayotganini ko‘rganimda, yuragim eziladi.
U faqat bir narsani istaydi — «Real» muxlislariga shunchalik ko‘p quvonch ulashgan avvalgi Vinisiusga aylanishni», — dedi Mourinyo jurnalistlarga.
Vinisius Junior joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida sakkizta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urgan va uchta golli uzatmani amalga oshirgan.













