«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enso Mareska «Liverpul»ga qarshi uchrashuv oldidan jamoa hujumchisi Erling Xolandning jismoniy holati haqida ma’lumot berdi.
«Nihoyat! Uning ahvoli yaxshi! Hammasi joyida!
U Marbelyada bir necha kun dam oldi, golf o‘ynadi, kuchini tikladi va «Enfild»dagi uchrashuvga tayyor.
U bilan hammasi yaxshi», — dedi Mareska matbuot anjumanida.
Xoland joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida yettita uchrashuvda maydonga tushib, yettita gol urgan.
Angliya Premyer-ligasining oltinchi turidan o‘rin olgan «Liverpul» va «Manchester Siti» o‘rtasidagi bahs 11 oktyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Uchrashuv O‘zbekiston vaqti bilan soat 20:30 da boshlanadi.













