Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone jamoa hujumchisi Xulian Alvaresning ayni paytdagi holatiga baho berdi.
"Men uning yaxshi holatda ekanini ko‘ryapman. U ishtiyoqqa to‘la va har doimgidek bor kuchini berishga tayyor.
Umid qilamanki, Xulian buni maydonda ham namoyish etadi va avvalgi yuqori darajasiga qayta oladi.
Alvares yaxshi sport formasida bo‘lganida, jamoamiz hujumda butunlay boshqacha harakat qiladi", — deya Simeonening so‘zlarini keltiradi AS nashri.
Joriy mavsumda Xulian Alvares Ispaniya La Ligasi doirasida uchta uchrashuvda maydonga tushgan, ammo hozircha gol yoki golli uzatma muallifi bo‘lmagan.
Eslatib o‘tamiz, yozda argentinalik hujumchi "Barselona"ga o‘tishni istagan, biroq "Atletiko" uni qo‘yib yubormagan edi.













