Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Rasman. Vinchenso Montella Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimidan chetlatildi

Rasman. Vinchenso Montella Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimidan chetlatildi

Baho:
+ | -

Turkiya futbol federasiyasi (TFF) X ijtimoiy tarmog‘ida tashkilot rahbariyati va milliy jamoa murabbiylar shtabidagi kadrlar o‘zgarishi haqida xabar berdi.

«Turkiya futbol federasiyasi direktorlar kengashi bugungi yig‘ilishda navbatdagi saylovga oid umumiy yig‘ilishga qadar o‘z faoliyatini davom ettirishga qaror qildi.

Avvalroq iste’foga chiqqan ikki nafar asosiy a’zo o‘rniga direktorlar kengashining zaxira a’zolari Ibrohim Ozbay va Metin Akyuzni tayinlashga qaror qilindi.

Milliy terma jamoa bosh murabbiyi Vinchenso Montella bilan hamkorlikni davom ettirmaslikka qaror qilindi. Avvalroq TFF direktorlar kengashini tark etgan Abdulla Ayaz o‘rniga Serdar Yildiz bosh kotib lavozimiga tayinlandi.

Bundan tashqari, ayni vaqtda TFFning ro‘yxatga olish bo‘limi direktori lavozimida ishlayotgan Ahmet Erzurumlu federasiya bosh kotibining o‘rinbosari etib tayinlandi», — deyiladi tashkilot xabarida.

Vinchenso Montella 2023 yil sentyabr oyidan buyon Turkiya terma jamoasini boshqarib kelayotgandi. Uning rahbarligida turklar 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etdi.

Yevropa futbol assosiasiyalari ittifoqi (UYEFA) Millatlar ligasining joriy mavsumida esa Turkiya terma jamoasi dastlabki to‘rtta turda birorta ham ochko jamg‘ara olmadi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 22:10, 09.10.2026.
O'qildi: 1394 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик