Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Deklan Rays ayni paytdagi jismoniy holati haqida ma’lumot berdi.
"To‘pchilar" yetakchisi klubi safidagi muhim uchrashuvlar oldidan kuchini tiklab olish maqsadida Angliya terma jamoasining so‘nggi yig‘inida ishtirok etmagan edi.
"Terma jamoada debyut qilganimdan buyon yig‘inni o‘tkazib yuborishim, ehtimol, birinchi yoki ikkinchi marta sodir bo‘ldi.
Bundan juda qattiq xafa bo‘ldim. Biroq Tuxel va Arteta bilan suhbatlashganimdan keyin bu eng to‘g‘ri qaror ekanini tushundim.
Ayrim muammolarni hal qilishim va tiklanishim kerak edi.
Hozir esa o‘zimni yaxshi va tetik his qilyapman", — deya Raysning so‘zlarini keltiradi Arsenal Radar.
Bugun Angliya Premyer-ligasi doirasida "Arsenal" va "Lids" jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi.
Uchrashuv O‘zbekiston vaqti bilan soat 16:30 da boshlanadi.













