Milanning «Inter» klubi bosh murabbiyi Kristian Kivu jamoa himoyachisi Jed Spensning ayni paytdagi holati haqida fikr bildirdi.
«Jed bir haftadan buyon biz bilan mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda. Dushanbadan boshlab u hech qanday cheklovlarsiz shug‘ullanyapti va hech qanday muammoga duch kelmayapti.
Uning qaytganidan xursandmiz. Nihoyat, uning tabassumini yana ko‘ramiz va imkoniyatlarini baholay olamiz», — deya Kivuning so‘zlarini keltiradi Inter Xtra.
«Inter» o‘tgan yozda Spensni Londonning «Tottenxem» klubidan 30 million yevroga sotib olgan edi.
Biroq 26 yoshli angliyalik himoyachi hozirgacha «neradzurrilar» safida debyut qilishga ulgurmadi.
10 oktyabr kuni «Inter» o‘z maydonida «Parma»ni qabul qiladi.
Italiya A Seriyasining oltinchi turidan o‘rin olgan ushbu uchrashuv O‘zbekiston vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.













