Angliya Premyer-ligasining bir nechta top-klublari Kanada terma jamoasi va Myunxenning «Bavariya» klubi qanot himoyachisi Alfonso Devisga qiziqish bildirmoqda.
Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, kanadalik futbolchi ayni paytda Angliyaning to‘rtta klubi e’tiborida turibdi.
Gap «Manchester Yunayted», «Manchester Siti», «Liverpul» va Londonning «Arsenal» klublari haqida ketmoqda.
Avvalroq Alfonso Devisga Madridning «Real» hamda Kataloniyaning «Barselona» klublari ham qiziqish bildirayotgani xabar qilingan edi.
Kanadalik himoyachining boshqa klubga ehtimoliy transferi 45 million yevroga baholanmoqda.
Devisning «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.













