«Barselona» qanot hujumchisi Lamin Yamal maktabdagi o‘qishini yuqori saviyadagi futbol bilan qanday birga olib borganini esladi.
Ispaniyalik futbolchi 16 yoshida «Barselona» va mamlakat milliy terma jamoasining asosiy tarkibidan joy olgan edi.
«Men Yevro-2024 davomida ham o‘qishni davom ettirganman. Har kuni uy vazifalari berilardi.
Ba’zan topshiriqlar juda ko‘p bo‘lardi, ammo ularni mehmonxonada bajarardim va hammasiga ulgurardim.
Muhim uchrashuvlarimiz bo‘lgan paytda o‘qituvchilar uy vazifalarini tekshirishda biroz yengillik qilishlari mumkin edi.
Biroq o‘yinlar kamroq bo‘lgan kunlarda maktab topshiriqlari yetarlicha ko‘p bo‘lardi.
Yevropa chempionati davomida ham o‘qishdan ortda qolmaslikka harakat qilganman», — deya Yamalning so‘zlarini keltiradi Barca Universal.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya terma jamoasi 2024 yilgi Yevropa chempionatida g‘olib chiqqan, ikki yil o‘tib esa jahon chempionligini ham qo‘lga kiritgan.













