Angliyaning «Brayton» klubi markaziy himoyachisi Luka Vushkovich Myunxenning «Bavariya» jamoasi uchun transfer bozoridagi ustuvor maqsadlardan biriga aylandi.
Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.
Manba ta’kidlashicha, 19 yoshli futbolchi Myunxenga ko‘chib o‘tishga qarshi emas.
Istiqbolli himoyachi uchun kurashda «Bavariya»ning asosiy raqobatchilaridan biri Madridning «Real» klubi hisoblanadi.
Vushkovichning bozor qiymati 60 million yevroga baholanmoqda.
Uning «Brayton» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
Joriy mavsum Angliya Premyer-ligasida himoyachi beshta uchrashuvda ishtirok etib, bitta gol urdi.













