Dortmundning «Borussiya» klubi sardori Niko Shlotterbek Germaniya Bundesligasining beshinchi turida «Verder»ga qarshi uchrashuvda qo‘ldan chiqarilgan g‘alaba haqida fikr bildirdi.
Mazkur bahs 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
«Biz 88-daqiqagacha o‘yinni to‘liq nazorat qildik. Keyin esa ikkita gol o‘tkazib yubordik va yakunda durang bilan kifoyalanishga majbur bo‘ldik.
Shunga qaramay, jamoam bilan faxrlanaman. Chunki 88 daqiqa davomida haqiqatan ham juda yaxshi o‘yin namoyish etdik.
Biroq shundan keyin himoyada yaxshiroq harakat qilishimiz kerak edi», — deya himoyachining so‘zlarini keltiradi sport1.de nashri.
Ushbu durang «Borussiya»ga joriy mavsumdagi beshinchi g‘alabasini qo‘lga kiritish imkonini bermadi.
Agar «Bavariya» shanba kuni «Augsburg»ni mag‘lub etsa, turnir jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarilishi mumkin.
Shuningdek, Dortmund klubidan uch ochko ortda borayotgan «Frayburg» navbatdagi uchrashuvini «Shalke»ga qarshi o‘tkazadi.













