Londonning «Chelsi» klubi qishki transfer oynasida yarim himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Jurnalist Ekrem Konurning ma’lum qilishicha, «ko‘klar» yozda amalga oshmay qolgan transferdan so‘ng ham «Monako» yarim himoyachisi Lamin Kamaraga qiziqish bildirishda davom etmoqda.
Biroq hozirda senegallik futbolchi London klubi uchun asosiy transfer maqsadi hisoblanmaydi.
Sababi, «Monako» Kamaraning transfer narxini 70 million yevrogacha oshirgan.
Ayni paytda «Chelsi»ning ustuvor maqsadi «Bornmut» yarim himoyachisi Aleks Skottni o‘z safiga qo‘shib olishdan iborat.
Shu bilan birga, agar «Monako» moliyaviy talablarini pasaytirsa, londonliklar Kamaraning transferiga yana qaytishi mumkin.
Angliya Premyer-ligasining beshta turidan so‘ng «Chelsi» turnir jadvalida o‘ninchi o‘rinni egallab turibdi.
Xabi Alonso shogirdlari hozirgacha yetti ochko jamg‘argan.













