Yevropaning bir qator klublari «Liverpul» yarim himoyachisi Florian Virs atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda.
Jurnalist Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, mersisaydliklar bosh murabbiyi Andoni Iraola yaqin vaqt ichida germaniyalik futbolchining kelajagi borasida muhim qaror qabul qilishiga to‘g‘ri keladi.
Virs o‘tgan yil yozida Leverkuzenning «Bayer» klubidan «Liverpul» safiga ko‘chib o‘tgan edi.
Angliya klubi uning transferi uchun 100 million yevrodan ortiq mablag‘ to‘lagan.
23 yoshli germaniyalik yarim himoyachining «qizillar» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.
Biroq Virs hozircha o‘ziga bildirilgan katta ishonchni oqlay olmayapti.
U joriy mavsum Angliya Premyer-ligasida beshta uchrashuvda ishtirok etib, atigi bitta golli uzatmani amalga oshirgan.













