Myunxenning "Bavariya" klubi Germaniya Bundesligasi turnir jadvalida Dortmundning "Borussiya" jamoasiga yetib olish imkoniyatini qo‘ldan boy berdi.
Bugun Vensan Kompani shogirdlari chempionatning 5-turi doirasida "Augsburg"ga qarshi maydonga tushib, 2:2 hisobida durang qayd etdi.
Ayni paytda "Bavariya" 11 ochko bilan Germaniya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Myunxenliklar peshqadam "Borussiya"dan ikki ochko ortda qolmoqda.
Bir kun avval Dortmund klubi ham "Verder" bilan 2:2 hisobida durang o‘ynab, ochko yo‘qotgan edi.
"Bavariya" tur yakunlariga ko‘ra uchinchi pog‘onaga tushib qolishi mumkin.
Buning uchun yakshanba kuni "Frayburg" o‘z maydonida "Shalke"ni mag‘lub etishi kerak.













