Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Saudiya chempionati. «Al-Hilol» beshta gol urilgan o‘yinda «Al-Ittihod»ni mag‘lub etib, peshqadamga aylandi

Saudiya chempionati. «Al-Hilol» beshta gol urilgan o‘yinda «Al-Ittihod»ni mag‘lub etib, peshqadamga aylandi

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistoni Pro-ligasining 2026/2027 yilgi mavsumi 8-turidan o‘rin olgan «Al-Hilol» va «Al-Ittihod» o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi.

Ar-Riyod shahridagi «Kingdom Arena» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda mezbonlar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 11-daqiqasida «Al-Hilol» qanot hujumchisi Gabriel Martinelli Olli Uotkinsning uzatmasidan so‘ng hisobni ochdi. 22-daqiqada «Al-Ittihod» hujumchisi Yussef En-Nesiri muvozanatni tikladi.

30-daqiqada Olli Uotkins raqib darvozasini ishg‘ol qilib, mezbonlarni yana oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan ikkinchi daqiqada Uotkins yana bir bor gol urdi, biroq VAR tekshiruvidan so‘ng ushbu gol bekor qilindi.

Ikkinchi bo‘limning 64-daqiqasida Krisensio Sammervill «Al-Hilol»ning uchinchi golini kiritib, hisobdagi farqni ikkita to‘pga yetkazdi.

89-daqiqada esa niderlandiyalik Stiven Bergveyn penaltini aniq amalga oshirib, «Al-Ittihod»ning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Biroq mehmonlar qolgan vaqtda hisobni tenglashtira olmadi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Al-Hilol» ochkolari sonini 21 taga yetkazib, Saudiya Arabistoni chempionati turnir jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Jamoaning eng yaqin ta’qibchilari — «Al-Qodisiya» va «An-Nasr» hisobida 19 tadan ochko mavjud. 17 ochko jamg‘argan «Al-Ittihod» esa to‘rtinchi pog‘onada qoldi.

Saudiya Arabistoni chempionati. Pro-liga. 8-tur.

10 oktyabr, 23:00. «Kingdom Arena» (Ar-Riyod)

«Al-Hilol» — «Al-Ittihod» — 3:2

Gollar: Martinelli, 11 (1:0), En-Nesiri, 22 (1:1), Uotkins, 30 (2:1), Sammervill, 64 (3:1), Bergveyn, 89 (3:2).

«Al-Hilol» tarkibi: Bunu, Kulibali, Teo Ernandes (Al-Harbi, 67), Al-Tambakti (Lajami, 90), Mahzari, Nosir Al-Davsari (Al-Havsavi, 81), Ruben Nevesh, Buabre (Kanno, 67), Martinelli, Uotkins (Mandash, 81), Sammervill.

«Al-Ittihod» tarkibi: Raykovich, Danilu Pereyra, Shimich, Shankiti (Al-Julaydan, 69), Faris Abdi (Fagihiy, 69), Auar (Muxtor Ali, 83), Lopi, En-Nesiri, Al-Sahfiy (Veynaldum, 58), Al-G‘amdiy (Al-SHehriy, 83), Bergveyn.

Sariq kartochkalar: Ruben Nevesh (37) — Lopi (38), Bergveyn (73), Raykovich (90+6).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:48, 11.10.2026.
O'qildi: 1514 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик