Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares hamon Londonning «Arsenal» klubi transfer ro‘yxatida turibdi.
Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, «to‘pchilar» rahbariyati argentinalik yulduzni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqishini yo‘qotmagan. Yaqin haftalarda ehtimoliy transfer bo‘yicha yangi ma’lumotlar paydo bo‘lishi mumkin.
Qayd etilishicha, Alvares yaqinda o‘z agentini almashtirgan va klubini o‘zgartirish istagida.
Transfermarkt portali 26 yoshli argentinalik hujumchining bozor qiymatini 110 million yevroga baholamoqda.
Alvaresning «Atletiko» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.













