Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod 1-2 Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Emilian Karas: «Raqib Saudiyaning eng kuchli ikki jamoasidan biri»

Emilian Karas: «Raqib Saudiyaning eng kuchli ikki jamoasidan biri»

Baho:
+ | -

"Paxtakor" Elit chempionlar ligasi 2-turi doirasida o‘z uyida Saudiya Arabistonining "Al-Qodisiya" klubini qabul qiladi. Mazkur o‘yindan avval toshkentliklar murabbiyi Emilian Karas matbuot anjumanida qatnashdi.

"Chempionlar ligasi Toshkentga qaytganidan xursandmiz. Ertaga ushbu kuchli raqibni kutib olayotganimizdan mamnunmiz. Muxlislar kelib, bizni yanada ko‘proq qo‘llab-quvvatlaydi, deb umid qilamiz. Raqib jamoa tarkibida Yevropa va Janubiy Amerikadan katta mablag‘ evaziga xarid qilingan yuqori saviyali futbolchilar jamlangan. Ularda "Liverpul" va "Seltik" kabi klublarda ishlagan, katta nomga ega juda yaxshi murabbiy bor. Ya’ni, jamoa juda raqobatbardosh. Hozirgi bosqichda ular ikkinchi o‘rinda bormoqda va menimcha, peshqadam "Al-Hilol" bilan birgalikda chempionatdagi eng yaxshi o‘yinni ko‘rsatmoqda. Shunday bo‘lsa-da, biz raqibni kutyapmiz va ertangi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Yaxshi o‘yin ko‘rsatishga, eng muhimi, ijobiy natijaga erishishga harakat qilamiz. Shunday ajoyib ob-havoda barchani futbolga, ertangi o‘yinga yigitlarimizni qo‘llab-quvvatlash uchun taklif qilamiz.

Biz o‘z muxlislarimiz qarshisida, o‘z uyimizda o‘ynayapmiz. Oldingi raqibning o‘z muammolari bor edi. Hozirgi raqibimiz esa juda yaxshi holatda, ketma-ket g‘alabalarga erishdi va raqiblaridan ustunlik qilmoqda. Ular juda yaxshi ko‘rinishga ega. Aytishim mumkinki, hozirgi raqibimiz eng yaxshi o‘yin ko‘rsatayotgan jamoalardan biri hisoblanadi. Ular oldingi raqibimizdan farqli o‘laroq, boshqacha sxemada harakat qilishadi va ularda ko‘proq birga o‘ynab shakllangan, uyg‘unlashgan tarkib mavjud. Ammo bizning ham ertangi o‘yin uchun o‘z rejamiz bor va ijobiy natijaga erishishga harakat qilamiz.

Bizda ikki nafar kuchli, teng kuchga ega darvozabon bor. Bu juda yaxshi holat, chunki ularning o‘sishiga va o‘zaro raqobatiga yordam beradi. Ikkalasi ham ertangi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ertaga kim maydonga tushishini o‘yindan oldin hal qilamiz.

Har bir jamoaning o‘z kuchli va zaif tomonlari bo‘ladi. Hozir biror narsaga alohida urg‘u bermoqchi emasman, bu haqda o‘yindan keyin gapirishni afzal ko‘raman", — dedi Karas.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 16:31, 11.10.2026.
O'qildi: 1002 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик