Madridning «Real» klubida bosh murabbiy Joze Mourinyoning ish uslubidan norozilik paydo bo‘lgani xabar qilinmoqda.
The Touchline nashri ma’lumotiga ko‘ra, jamoaning bir necha futbolchisi portugaliyalik mutaxassisning taktik yondashuvidan qoniqmayapti.
Xususan, ayrim o‘yinchilar Mourinyo jamoaviy o‘yin tizimini shakllantirishdan ko‘ra, futbolchilarning individual mahoratiga ko‘proq tayanayotganidan norozi.
«Kiyinish xonasidagi bo‘linish kuchayib borayotganga o‘xshaydi. Jamoa ichidagi turli tomonlar «Real»ga aslida qanday murabbiy kerakligi borasida turlicha fikrda», — deya manba so‘zlarini keltirmoqda nashr.
Manba ushbu vaziyatda qiziq bir jihatga ham e’tibor qaratgan. Avvalroq Xabi Alonso haddan tashqari murakkab taktik yondashuvi sabab «Real» bosh murabbiyligidan ozod etilgani aytilgan edi.
Endi esa ayrim futbolchilar Joze Mourinyoni, aksincha, o‘yinda yetarlicha chuqur taktik yondashuv mavjud emasligi uchun tanqid qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham «Real» kiyinish xonasidagi muhit bilan bog‘liq muammolar haqida xabarlar tarqalgan edi.













