Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 14:56 Al-Vasl - Al-Quva al-Javiya
02/11 18:45 Paxtakor - An-Nasr (SA)
02/11 21:00 Traktor - Neftchi
02/11 21:00 As-Sadd - Al-Ahli (SA)
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
02/11 23:15 Al-G‘arafa - Al-Qodisiya
02/11 23:15 Al-Ittihod - Al-Ayn
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Gari Nevill «Manchester Yunayted»ning asosiy muammosini ko‘rsatib berdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi Gari Nevill jamoaning yarim himoya chizig‘idagi muammolarga e’tibor qaratdi.

Angliya Premyer-ligasining so‘nggi turida manchesterliklar «Tottenxem» bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Mazkur bahsdan so‘ng Nevill o‘z podkastida Yuri Tilemans va Kobbi Maynu juftligining harakatlarini tanqid qildi.

«Menimcha, biz Tilemans va Maynu juftligini yetarlicha kuzatdik. Bu juftlikdan butunlay voz kechish kerak, demoqchi emasman. Chunki bunday xulosa haddan tashqari keskin bo‘lardi.

Biroq ko‘rganlarimiz shuni aytish uchun yetarli: jamoaning yarim himoya chizig‘ida Angliya Premyer-ligasi darajasidagi klubga xos dinamika yetishmayapti.

Fikrimcha, ularning har ikkisi ham alohida olganda yaxshi futbolchi. Lekin ba’zida o‘yinchilar bir-biri bilan kutilgan darajada uyg‘unlasha olmaydi yoki ularning o‘yin uslublari o‘zaro mos kelmaydi», — dedi Nevill.

Angliyalik mutaxassis «Tottenxem»ga qarshi uchrashuvda Karlos Balebaning zaxiradan maydonga tushishi jamoa o‘yiniga ijobiy ta’sir ko‘rsatganini ham ta’kidladi.

«Baleba Maynu bilan birga maydonda harakat qila boshlaganidan keyin jamoaning o‘yinida energiya ancha oshgandek tuyuldi.

Yarim himoya chizig‘ida nimanidir o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi. Qolgan futbolchilar ham o‘zlarini qo‘lga olishlari kerak. Chunki oldinda ularni Diyego Simeone boshqarayotgan «Atletiko» hamda «Elland Roud» stadionida «Lids»ga qarshi uchrashuvlar kutmoqda», — deya qo‘shimcha qildi u.

Qayd etish joiz, «Manchester Yunayted» «Tottenxem» bilan durangdan so‘ng Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 12-o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 17:26, 11.10.2026.
O'qildi: 1183 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик