Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 14:56 Al-Vasl - Al-Quva al-Javiya
02/11 18:45 Paxtakor - An-Nasr (SA)
02/11 21:00 Traktor - Neftchi
02/11 21:00 As-Sadd - Al-Ahli (SA)
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
02/11 23:15 Al-G‘arafa - Al-Qodisiya
02/11 23:15 Al-Ittihod - Al-Ayn
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Gasperini «Komo»ga qarshi o‘yinda chetlatilgan Malenni himoya qildi

Baho:
+ | -

«Roma» bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini Italiya A Seriyasining 6-turidan o‘rin olgan «Komo»ga qarshi uchrashuvda Doniell Malenning maydondan chetlatilishiga munosabat bildirdi.

Mazkur bahs 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Ikkinchi bo‘limda Malen to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka oldi va rimliklar uchrashuvning 30 daqiqadan ortiq qismini bir kishi kam bo‘lib o‘tkazdi.

Gasperinining fikricha, niderlandiyalik hujumchi raqibiga jarohat yetkazishni maqsad qilmagan.

«U o‘zini ushlab qolishganiga javoban harakat qildi va to‘pga tegdi. Tashqaridan qaraganda uning sakrashi xavfli ko‘ringan bo‘lishi mumkin, ammo u raqibiga zarar yetkazish niyatida emasdi.

Qizil kartochka o‘yinni buzdi», — deya Gasperinining so‘zlarini keltiradi Football Italia.

Shuningdek, italiyalik mutaxassis bahsli vaziyatlarni tahlil qilishda videotakrorning alohida to‘xtatilgan kadrlariga tayanishni tanqid qildi.

«Futbol — bu harakatlardan iborat o‘yin, qotib qolgan tasvirlardan emas. To‘xtatilgan kadrlar voqelikni noto‘g‘ri aks ettiradi. Vaziyatlarga faqat shunday tasvirlar asosida baho berishni bas qilish vaqti keldi», — dedi «Roma» ustozi.

Ushbu durangdan keyin «Roma» 14 ochko bilan Italiya chempionati turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

«Inter» va «Lasio» jamoalari esa 16 ochkodan jamg‘argan.

Kiritildi: 20:42, 11.10.2026.
O'qildi: 645 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик