«Yuventus» hujumchisi Randal Kolo-Muani Italiya chempionati doirasida «Kalyari»ga qarshi 1:1 hisobida yakunlangan uchrashuvdan so‘ng jurnalistlar bilan suhbatlashdi.
Turinliklar 20-daqiqada o‘z darvozalaridan gol o‘tkazib yuborishdi va faqat 81-daqiqada hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lishdi. Mehmonlar jamoasining goliga aynan Kolo-Muani mualliflik qildi.
«Natija xafa qilmoqda, chunki biz uch ochkoni qo‘lga kiritishimiz mumkin edi, ammo ko‘plab vaziyatlardan foydalana olmadik.
Tanaffusda murabbiy jarima maydonida futbolchilar ko‘pligini hisobga olib, bizga ko‘proq qanotlardan to‘p oshirishni aytdi. Shuning uchun Voltemade maydonga tushgach, raqib darvozasiga ko‘proq xavf tug‘dira boshladik. Nik jismonan baquvvat futbolchi, u himoyachilarga muammo tug‘diradi. U bilan birga o‘ynaganimda menda ko‘proq bo‘sh hudud paydo bo‘ladi va bunday sharoitda o‘ynash menga ancha qulay», — dedi Kolo-Muani DAZN nashriga bergan intervyusida.
Luchano Spalletti boshchiligidagi jamoa olti turdan so‘ng 11 ochko bilan turnir jadvalida oltinchi o‘rinni egallab turibdi.













