«Manchester Yunayted» «Bornmut»ning chap qanot himoyachisi Adriyen Tryufferni o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilgan. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.
Biroq «qizil iblislar»ning jiddiy raqibi bor. «Liverpul» ham Tryufferni transfer qilishni istamoqda.
«Bornmut» futbolchi uchun narx belgiladi. Klub Adriyen Tryufferning transferidan kamida 70,8 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda.













