Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/10 00:00 Rasing - Valensiya
12/10 18:45 Paxtakor 1-1 Al-Qodisiya
12/10 21:00 Al-Vasl 1-3 Al-Ahli (SA)
12/10 21:00 Traktor 0-0 Ash-Shamol
12/10 21:30 Atalanta 3-1 Venetsiya
12/10 23:15 An-Nasr (SA) 3-1 Neftchi
12/10 23:15 Al-G‘arafa 1-2 Istiqlol
12/10 23:15 Al-Quva al-Javiya 1-4 Al-Ayn
12/10 23:45 Torino 2-1 Udineze
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-1 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah - Slaviya
13/10 21:45 Lans - Sporting
13/10 23:59 Galatasaroy - Barselona
13/10 23:59 Atletiko - Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal - Lill
13/10 23:59 Vilyarreal - Napoli
13/10 23:59 Inter - Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig - PSV
13/10 23:59 Viking - Bavariya

Elit OCHLda bugun 6 ta o‘yin: O‘zbekiston klublarini jiddiy sinov kutmoqda

Elit OCHLda bugun 6 ta o‘yin: O‘zbekiston klublarini jiddiy sinov kutmoqda

Baho:
+ | -

Osiyo Chempionlar ligasi Elit turnirida bugun, 12 oktyabr kuni umumiy bosqichning 2-tur uchrashuvlari start oladi. G‘arb mintaqasida jami oltita bahs o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ularning ikkitasida O‘zbekistonning "Paxtakor" va "Neftchi" klublari ishtirok etadi.

Toshkentning "Paxtakor" jamoasi o‘z maydonida Saudiya Arabistonining "Al-Qodisiya" klubini qabul qiladi. Uchrashuv "Paxtakor" markaziy stadionida soat 18:45 da boshlanadi.

"Sherlar" musobaqaning dastlabki turida Saudiya Arabistonining "Al-Ahli" jamoasi bilan durang o‘ynab, bir ochkoni qo‘lga kiritgan edi. "Al-Qodisiya" esa birinchi uchrashuvini g‘alaba bilan yakunlagan. Shu bois Toshkentdagi bahs har ikki jamoa uchun turnir jadvalidagi mavqeini mustahkamlash nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi.

Farg‘onaning "Neftchi" klubini esa yanada jiddiy sinov kutmoqda. Islombek Ismoilov boshchiligidagi jamoa Ar-Riyodda Krishtianu Ronaldu to‘p surayotgan "An-Nasr" mehmoni bo‘ladi.

Farg‘onaliklar ilk turda Iroqning "Al-Quva Al-Javiya" klubini 1:0 hisobida mag‘lub etgan edi. Uchrashuv taqdirini 83-daqiqada Zoran Marushich tomonidan kiritilgan gol hal qilgan.

"An-Nasr" esa dastlabki turda BAAning "Al-Ayn" klubiga 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Shu sababli Saudiya Arabistoni jamoasi o‘z maydonidagi bahsda birinchi ochkolarini qo‘lga kiritishga intiladi.

Kunning qolgan uchrashuvlarida "Al-Vasl" Saudiya Arabistonining amaldagi chempion "Al-Ahli" klubini qabul qiladi. Shuningdek, "Traktor" "Al-SHamal"ga, "Al-G‘arafa" "Istiqlol"ga, "Al-Quva Al-Javiya" esa "Al-Ayn"ga qarshi bahs olib boradi.

Elit OCHL. Umumiy bosqich, 2-tur

12 oktyabr. Barcha vaqtlar Toshkent vaqti bilan:

18:45 — "Paxtakor" (O‘zbekiston) — "Al-Qodisiya" (Saudiya Arabistoni)

21:00 — "Al-Vasl" (BAA) — "Al-Ahli" (Saudiya Arabistoni)

21:00 — "Traktor" (Eron) — "Al-SHamal" (Qatar)

23:15 — "Al-Quva Al-Javiya" (Iroq) — "Al-Ayn" (BAA)

23:15 — "Al-G‘arafa" (Qatar) — "Istiqlol" (Eron)

23:15 — "An-Nasr" (Saudiya Arabistoni) — "Neftchi" (O‘zbekiston)

Musobaqaning 2-turidan o‘rin olgan qolgan uchrashuvlar 13–14 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 10:55, 12.10.2026.
O'qildi: 838 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик