Myunxenning "Bavariya" klubi tarkibini yangi qanot himoyachisi bilan kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, Germaniya grandining asosiy transfer maqsadi "Barselona" va Fransiya terma jamoasi himoyachisi Jyul Kunde hisoblanadi. So‘nggi vaqtlarda 27 yoshli futbolchi Kataloniya klubining asosiy tarkibidagi doimiy o‘rnini yo‘qotgan.
"Bavariya" rahbariyati fransuz himoyachisi bosh murabbiy Vensan Kompani qo‘llayotgan o‘yin uslubiga juda mos kelishini hisobga olib, uni jamoaga jalb qilish imkoniyatini o‘rganmoqda.
Ayni paytda Kundening transfer bozoridagi qiymati 55 million yevroga baholanmoqda.
Futbolchining "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.













