Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Yulian Vaygl: "Paxtakor"ga qarshi qiyin o‘yin kutmoqda, ammo..."

Yulian Vaygl: "Paxtakor"ga qarshi qiyin o‘yin kutmoqda, ammo..."

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistonining "Al-Qodisiya" klubi yarim himoyachisi Yulian Vaygl Osiyo Chempionlar ligasi Elit turniri 2-turidan o‘rin olgan "Paxtakor"ga qarshi uchrashuv oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida o‘z fikrlarini bildirdi.

Germaniyalik futbolchi jamoasining musobaqada ishtirok etishidan mamnun ekanini ta’kidlab, Toshkentdagi uchrashuvda ijobiy natijaga erishishga ishonch bildirdi.

Elit OCHLdagi ishtirok haqida

Vaygl "Al-Qodisiya" o‘tgan mavsum davomida qit’aning eng nufuzli klublar musobaqasida qatnashish uchun katta mehnat qilganini qayd etdi.

"Osiyo Chempionlar ligasi Elit turnirida ishtirok etayotganimizdan juda xursandmiz. O‘ylashimcha, bu yerga yetib kelish uchun o‘tgan mavsum davomida katta mehnat qildik. Musobaqadagi dastlabki uchrashuvimizda yaxshi natijaga erishdik. Endi navbatdagi bahsni katta ishtiyoq bilan kutyapmiz. Maqsadimiz — yaxshi o‘yin ko‘rsatish va ijobiy natija qayd etish", — dedi Vaygl.

"Paxtakor"ga qarshi o‘yin haqida

Germaniyalik yarim himoyachi Toshkentdagi bahs oson kechmasligini ta’kidladi. Uning fikricha, g‘alaba qozonish uchun jamoa o‘z imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishi va murabbiylar shtabi belgilagan taktik rejaga qat’iy amal qilishi zarur.

"Biz kuchli va sifatli o‘yin namoyish etishni maqsad qilganmiz. Agar maydonda barcha imkoniyatlarimizni ko‘rsata olsak, g‘alaba qozonish uchun yetarli salohiyatga egamiz. Biroq oldimizda murakkab uchrashuv turibdi. Shuning uchun astoydil harakat qilishimiz, raqibni to‘liq hurmat qilishimiz va taktik rejamizga sodiq qolishimiz kerak. Ijobiy natijaga erishishimizga ishonaman", — dedi futbolchi.

Safar o‘yinlari va muxlislar haqida

Vaygl Osiyo Chempionlar ligasida turli mamlakatlar klublariga qarshi to‘p surish o‘ziga xos tajriba ekanini ham ta’kidladi.

"Albatta, o‘z maydonimizda, muxlislarimiz qarshisida o‘ynash bizga katta zavq bag‘ishlaydi. Biroq uzoq mamlakatlarga safar qilish, turli stadionlarda va boshqa chempionatlar vakillariga qarshi maydonga tushish ham ushbu musobaqaning ajralmas va qiziqarli jihatlaridan biri. Umid qilamanki, muxlislarimiz bizni televizor orqali bo‘lsa ham qo‘llab-quvvatlashda davom etadi", — dedi Vaygl.

Tuxel va Rojersning faoliyatiga ta’siri haqida

Matbuot anjumanida yarim himoyachidan faoliyati davomida birga ishlagan murabbiylari, xususan, Tomas Tuxel va "Al-Qodisiya" ustozi Brendan Rojers haqida ham so‘raldi.

"Faoliyatim davomida ko‘plab kuchli murabbiylar bilan ishlash baxtiga muyassar bo‘ldim. Tomas Tuxel menga ilk bor yuqori divizionda o‘ynash imkoniyatini bergan. U Dortmunddagi faoliyatimning dastlabki bosqichida muhim o‘rin tutgan.

Har bir murabbiydan nimadir o‘rgandim. Hatto zaxira o‘rindig‘ida qolgan qiyin davrlarimda ham maydonga tushishga munosib ekanimni isbotlashimga to‘g‘ri kelgan. Brendan Rojers esa jamoaga kelganidan buyon menga katta ishonch bildirmoqda. O‘zimni jamoaning muhim a’zosi sifatida his qilyapman va bu yerda ekanimdan juda xursandman", — dedi futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, "Al-Qodisiya" Elit OCHLning dastlabki turida BAAning "Al-Vasl" klubini 2:1 hisobida mag‘lub etgan. "Paxtakor" esa Saudiya Arabistonining "Al-Ahli" jamoasi bilan 1:1 hisobida durang qayd etgan.

"Paxtakor" — "Al-Qodisiya" uchrashuvi bugun, 12 oktyabr kuni Toshkentdagi "Paxtakor" markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi. Bahs O‘zbekiston vaqti bilan soat 18:45 da boshlanadi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 11:21, 12.10.2026.
O'qildi: 589 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик