Londonning «Tottenxem» klubi bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi Angliya Premyer-ligasining 6-turida «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda yarim himoyachi Rodrigo Bentankurning maydondan chetlatilishiga munosabat bildirdi.
Mazkur bahsning 78-daqiqasida Bentankur raqib futbolchisini boshi bilan urgani uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka oldi.
De Dzerbining ta’kidlashicha, unga futbolchining vaziyatga befarq bo‘lmagani va jamoa manfaati uchun kurashishga intilgani ma’qul kelgan. Biroq mutaxassis Bentankurning harakati noto‘g‘ri bo‘lganini ham tan oldi.
«Biz mag‘lubiyat va o‘tkazib yuborilgan gollarga ko‘nikishni istamasligimizni ko‘rsatdik. Bunday vaziyatlarda bor imkoniyatimizni ishga solib, munosabat bildirishimiz kerak.
Bentankur buning uchun noto‘g‘ri yo‘lni tanladi. Ammo kiyinish xonasida uni o‘pib qo‘ydim, chunki o‘sha vaziyatda jamoamiz xarakter ko‘rsatishi zarur edi», — dedi De Dzerbi Sky Sports nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, «Tottenxem» bir kishi kam bo‘lib qolganiga qaramay, 90+2-daqiqada javob golini kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa, «Manchester Yunayted»ga qarshi uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.













