Ispaniyalik taniqli jurnalist Ramon Alvares Madridning «Real» klubi yarim himoyasidagi asosiy muammolardan biriga e’tibor qaratdi.
Mutaxassis Orelyen Tchuameni va Federiko Valverdening maydon markazidagi o‘zaro hamkorligi kutilgan natijani bermayotganini ta’kidladi.
Uning fikricha, har ikki futbolchi alohida holda yuqori saviyaga ega bo‘lsa-da, birgalikda harakat qilganda bir-birining imkoniyatlarini to‘liq ochib bera olmayapti.
Shu sababli Alvares Valverdening doimiy ravishda o‘ng qanot himoyachisi pozisiyasida o‘ynashini «Real» uchun eng maqbul yechim deb hisoblamoqda.
«Qatorasiga ikkinchi o‘yin ham Orelyen Tchuameni va Fede Valverde juftligi maydon markazida kutilgan samarani bermayotganini ko‘rsatdi. Har ikkisi alohida kuchli futbolchi, ammo ular bir-birini yaxshi to‘ldirmayapti.
Valverde tezligi, jismoniy imkoniyatlari va hujumlarga faol qo‘shila olishi tufayli dunyoning eng yaxshi o‘ng qanot himoyachisiga aylanishi mumkin.
Uning himoyaning o‘ng qanotiga o‘tkazilishi yarim himoyada ijodkorroq futbolchi uchun joy ochib beradi», — dedi Alvares.













