Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/10 00:00 Real Madrid 4-1 Sevilya
19/10 21:30 Monsa 4-0 Kalyari
19/10 23:45 Parma 0-3 Torino
20/10 00:00 Xetafe 1-1 Rayo Valyekano
20/10 00:00 Tottenhem 3-1 Koventri Siti
21/10 23:00 Levante - Atletik Bilbao

«Bavariya» prezidenti «Oltin to‘p»ni qaysi futbolchiga bergan bo‘lishini aytdi

«Bavariya» prezidenti «Oltin to‘p»ni qaysi futbolchiga bergan bo‘lishini aytdi

Baho:
+3 | -

Myunxenning «Bavariya» klubi prezidenti Gerbert Xayner jamoa futbolchilarining «Oltin to‘p» mukofotini qo‘lga kiritish imkoniyatlari haqida o‘z fikrini bildirdi.

Klub rahbari Bild nashriga bergan intervyusida Maykl Olise va Xarri Keyndan qaysi biri nufuzli sovringa ko‘proq munosib ekani haqidagi savolga javob berdi.

— Tomas Myuller Maykl Olise yoki Kilian Mbappe «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishi kerakligini aytdi. Uning fikricha, bu futbolchilarning o‘yinida o‘ziga xos «sehr» bor. Siz bu fikrga qo‘shilasizmi? Olise Garri Keyndan ko‘ra «Oltin to‘p»ga munosibroqmi?

— Maykl ham, Xarri ham ushbu mukofotga munosib. Ammo men «Oltin to‘p»ni Keynga bergan bo‘lardim.

Maykl Olisening oldida bu sovrinni qo‘lga kiritish uchun hali ko‘p yillar bor, — dedi Xayner.

Eslatib o‘tamiz, 2025/26 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra «Oltin to‘p» mukofotini topshirish marosimi 26 oktyabr, dushanba kuni Londonda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 17:01, 12.10.2026.
O'qildi: 538 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик