Osiyo Chempionlar ligasi Elit turnirining 2-turidan o‘rin olgan Toshkentning "Paxtakor" hamda Saudiya Arabistonining "Al-Qodisiya" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv uchun boshlang‘ich tarkiblar e’lon qilindi.
"Paxtakor" bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev uchrashuvni Flamarion va Stefan Chinedu ishtirokidagi hujum chizig‘i bilan boshlashga qaror qildi.
Mehmonlar tarkibida esa Yulian Vaygl, Tijani Reynders, Mateo Retegi va Xulian Kinyones kabi futbolchilar dastlabki daqiqalardan maydonga tushadi.
Elit OCHL. 2-tur
"Paxtakor" — "Al-Qodisiya"
"Paxtakor": Vladimir Nazarov, Hojiakbar Alijonov, Zaid Tahsin, Murtazo Puraliganji, Muhammadrasul Abdumajidov, Sherzod Nasrullayev, Akmal Mozgovoy, Bashar Rasan, Abdurauf Bo‘riyev, Flamarion, Stefan Chinedu.
"Al-Qodisiya": Koen Kastels, Jihad Tiri, Gaston, Diabate, Yulian Vaygl, Natan Akosta, Musab Al-Juvayr, Tijani Reynders, Kristofer Ba, Mateo Retegi, Xulian Kinyones.
Uchrashuv Toshkentdagi "Paxtakor" markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi. Bahs O‘zbekiston vaqti bilan soat 18:45 da boshlanadi.













