Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/10 00:00 Rasing - Valensiya
12/10 18:45 Paxtakor 1-1 Al-Qodisiya
12/10 21:00 Al-Vasl 1-3 Al-Ahli (SA)
12/10 21:00 Traktor 0-0 Ash-Shamol
12/10 23:15 An-Nasr (SA) 3-1 Neftchi
12/10 23:15 Al-G‘arafa 1-2 Istiqlol
12/10 23:15 Al-Quva al-Javiya 1-4 Al-Ayn
13/10 00:00 Koventri Siti - Nyukasl
13/10 00:00 Levante - Sevilya

Arteta «Arsenal»dagi sobiq jamoadoshi Olivye Jiru haqida iliq fikrlar bildirdi

Arteta «Arsenal»dagi sobiq jamoadoshi Olivye Jiru haqida iliq fikrlar bildirdi

Baho:
+ | -

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta UEFA Chempionlar ligasi doirasida «Lill»ga qarshi o‘tkaziladigan uchrashuv oldidan fransiyalik hujumchi Olivye Jiru haqida fikr bildirdi.

Ayni paytda «Lill» sharafini himoya qilayotgan Jiru 2012–2018 yillar davomida «Arsenal» safida to‘p surgan va o‘sha davrda Arteta bilan bir jamoada o‘ynagan.

Ispaniyalik mutaxassis sobiq jamoadoshining insoniy fazilatlari hamda London klubiga qo‘shgan hissasini yuqori baholadi.

«Avvalo, uning xarakteri ajoyib edi. U juda yaxshi inson bo‘lib, u bilan bir kiyinish xonasida bo‘lish hamisha yoqimli edi.

Jiru «Monpelye»dan jamoamizga kelgan paytni yaxshi eslayman. U kelishi bilan o‘yinimizga butunlay yangicha jihatlar olib kirgandi.

U biz o‘rganib qolgan futbolchilardan tubdan farq qiladigan, butunlay boshqacha uslubdagi hujumchi edi.

Uning qanday ajoyib faoliyat olib borganiga bir qarang. Jiru erishgan barcha yutuqlariga, shubhasiz, munosib», — dedi Arteta.

Ma’lumot uchun, Olivye Jiru faoliyati davomida «Arsenal»dan tashqari «Chelsi», «Milan» va boshqa klublarda ham to‘p surgan.

Endilikda tajribali hujumchi «Lill» tarkibida sobiq jamoasiga qarshi maydonga tushishi mumkin.

«Arsenal» va «Lill» o‘rtasidagi Chempionlar ligasi uchrashuvi 13 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 19:02, 12.10.2026.
O'qildi: 421 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик