Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/10 12:45 Melburn Viktori 3-0 Seul
14/10 15:00 Kashiva Reysol 5-1 Port
14/10 15:00 Vissel Kobe 2-0 Chonbuk Motors
14/10 17:15 Persib 1-0 Kong-Vittel
14/10 18:45 Nasaf 1-2 Al-Vahda
14/10 21:00 Al-Jaziyra 2-1 Arkadag'
14/10 21:00 Kuvayt SK 3-1 Xolidiya
14/10 21:00 Al-Muharraq 2-0 Gol Gohar
14/10 21:00 At-Ta'vun 2-1 Ar-Rayyan
14/10 21:00 Al-Faysaliy 2-0 An-Nahda
14/10 21:45 LASK 3-6 Liverpul
14/10 21:45 Feyenoord 3-2 Komo
14/10 23:59 Manchester Siti 2-4 PSJ
14/10 23:59 Roma 3-4 Real Madrid
14/10 23:59 Aston Villa 6-0 Fenerbaxche
14/10 23:59 Betis 3-2 Portu
14/10 23:59 Bude-Glimt 1-0 Borussiya D
14/10 23:59 Slovan 0-3 Shtutgart
14/10 23:59 Shaxtyor 3-1 AEK

Arteta «Arsenal»ning ikki futbolchisi jarohat olganiga munosabat bildirdi

Arteta «Arsenal»ning ikki futbolchisi jarohat olganiga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoa futbolchilari Pyero Inkapye va Martin Subimendining jarohat olishiga munosabat bildirdi.

Inkapye Angliya Premyer-ligasi doirasida shanba kuni «Lids»ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida zaxiradan maydonga tushgan edi.

Bahs yakunlanganidan so‘ng ekvadorlik himoyachi qo‘shimcha mashg‘ulot o‘tkazish uchun maydonda qolgan va shu jarayonda jarohat olgan.

Shuningdek, «Arsenal»ning yana bir futbolchisi Martin Subimendi ham jarohatlangan. Ispaniyalik yarim himoyachi «Lids»ga qarshi uchrashuvning barcha 90 daqiqasini zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazgan edi.

Arteta o‘yindan keyingi mashg‘ulotlar paytida futbolchilarning jarohat olishi murabbiylar shtabi uchun murakkab vaziyat ekanini ta’kidladi.

«Bu mutlaqo ideal holat emas. Bunday vaziyatlar takrorlanmasligi uchun nima qilish mumkin? Mashg‘ulot o‘tkazmaslik.

Agar futbolchilar umuman mashg‘ulotlarda ishtirok etmasa, jarohat ham olmaydi. Ammo bunday holatda ular o‘yin ritmini yo‘qotadi va jamoa o‘yiniga yetarlicha ta’sir ko‘rsata olmaydi.

Bunday jarohatlar uchrashuvning ertasi kuni, oddiy mashg‘ulot paytida ham yuz berishi mumkin. Umid qilamanki, bu holat boshqa takrorlanmaydi.

Nima ham qila olamiz? Agar sehrgarlik qo‘limdan kelganida, shunchaki: «Bolalar, djakuziga boringlar, ertaga ko‘rishamiz», degan bo‘lardim», — dedi Arteta jurnalistlarga.

Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» 13 oktyabr kuni UYEFA Chempionlar ligasi doirasida o‘z maydonida Fransiyaning «Lill» klubini qabul qiladi.

Hozircha Inkapye va Subimendining jarohatlari qay darajada jiddiy ekani hamda ularning navbatdagi uchrashuvda ishtirok etish imkoniyati haqida aniq ma’lumot berilmagan.

Kiritildi: 20:40, 12.10.2026.
O'qildi: 492 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик