Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida vaziyat hanuz tinchlanmagani sababli «An-Nasr» va «Neftchi» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv boshlanishi 30 daqiqaga kechiktirildi. Bu haqda "Futbolium" telegram kanali xabar tarqatdi.
Ma’lum qilinishicha, agar vaziyat yaxshilanmasa, o‘yin boshlanishi yana 30 daqiqaga suriladi. Shundan so‘ng uchrashuvni o‘tkazish bo‘yicha keyingi qaror qabul qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur bahs Osiyo Chempionlar ligasi Elita musobaqasi 2-turi doirasida Ar-Riyoddagi «Al-Avval Park» stadionida bo‘lib o‘tishi kerak.













