Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

«Nyukasl» murabbiyi «Koventri»dan uchralgan yirik mag‘lubiyat uchun uzr so‘radi

«Nyukasl» murabbiyi «Koventri»dan uchralgan yirik mag‘lubiyat uchun uzr so‘radi

Baho:
+ | -

«Nyukasl» bosh murabbiyi Mattias Yayssle Angliya Premyer-ligasining 6-turida chempionat debyutanti «Koventri»dan qabul qilingan 1:4 hisobidagi yirik mag‘lubiyatga munosabat bildirdi.

Mutaxassis uchrashuvning ayrim qismlarida shogirdlari o‘yinni nazorat qilganini, biroq hal qiluvchi vaziyatlardagi xatolar qimmatga tushganini ta’kidladi.

«Bu og‘ir mag‘lubiyat. Ushbu ligada bunday xatolar uchun jazolanasan. Biz uchrashuvning ko‘plab qismlarida o‘yinni nazorat qildik, ammo bu yetarli bo‘lmadi.

O‘yin taqdiri jarima maydonlarida hal bo‘ladi. Biz esa aynan shu hududlarda yetarlicha yaxshi harakat qila olmadik. Endi bu mag‘lubiyatdan tezda to‘g‘ri xulosa chiqarishimiz kerak», — deya Yaysslening so‘zlarini keltiradi BBC.

Shuningdek, murabbiy jamoasining yoshligi va ayrim futbolchilarning jarohatdan tiklanayotganini mag‘lubiyatga bahona qilib ko‘rsatish niyatida emasligini bildirdi.

«Bizda yosh jamoa bor, lekin bu hech qanday bahona bo‘la olmaydi. Umid qilamanki, jarohatdan tiklanayotgan futbolchilarimiz tez orada maydonda ko‘proq vaqt o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Uchrashuvni umumiy baholaydigan bo‘lsak, biz u qadar yomon o‘ynamadik. Muxlislarimizdan uzr so‘rayman. Ular butunlay boshqacha natijaga loyiq edi», — deya qo‘shimcha qildi mutaxassis.

Ushbu mag‘lubiyatdan keyin «Nyukasl» 8 ochko bilan Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 11-o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 02:43, 13.10.2026.
O'qildi: 484 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик