Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/10 12:45 Melburn Viktori 3-0 Seul
14/10 15:00 Kashiva Reysol 5-1 Port
14/10 15:00 Vissel Kobe 2-0 Chonbuk Motors
14/10 17:15 Persib 1-0 Kong-Vittel
14/10 18:45 Nasaf 1-2 Al-Vahda
14/10 21:00 Al-Jaziyra 2-1 Arkadag'
14/10 21:00 Kuvayt SK 3-1 Xolidiya
14/10 21:00 Al-Muharraq 2-0 Gol Gohar
14/10 21:00 At-Ta'vun 2-1 Ar-Rayyan
14/10 21:00 Al-Faysaliy 2-0 An-Nahda
14/10 21:45 LASK 3-6 Liverpul
14/10 21:45 Feyenoord 3-2 Komo
14/10 23:59 Manchester Siti 2-4 PSJ
14/10 23:59 Roma 3-4 Real Madrid
14/10 23:59 Aston Villa 6-0 Fenerbaxche
14/10 23:59 Betis 3-2 Portu
14/10 23:59 Bude-Glimt 1-0 Borussiya D
14/10 23:59 Slovan 0-3 Shtutgart
14/10 23:59 Shaxtyor 3-1 AEK

Emilian Karas: «Biz o‘yin taraflama bo‘sh kelmadik»

Emilian Karas: «Biz o‘yin taraflama bo‘sh kelmadik»

Baho:
+ | -

"Paxtakor" bosh murabbiyi Emilian Karas Elit Osiyo chempionlar ligasi 2-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Al-Qodisiya" bilan uchrashuvdan so‘ng murabbiyi matbuot anjumanida qatnashdi.

"Maydonda yaxshi va keskin kurashlarga boy o‘yin kechdi. Har ikki jamoa ko‘plab vaziyatlar yaratdi, bahsda ko‘proq gollar urilishi ham mumkin edi. Raqibning qarshi va tez hujumlaridan ehtiyot bo‘lishni yigitlarga aytgandik, biroq baribir jahon darajasidagi hujumkor o‘yinchilar bilan mehmonlar bir necha vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. Biz o‘yin taraflama bo‘sh kelmadik. Birinchi bo‘limdagi golimiz VAR orqali bekor qilindi. Ikkinchi bo‘limda hujumda to‘g‘riroq o‘ynadik. Bellashuv oxirida hisobni tenglashtirdik va g‘alabaga yaqinroq edik. Bir necha imkoniyatlardan foydalana olmadik. Bahsdagi holatga qarab taktik o‘zgarishlar qildik. Sobirxo‘jayev markaziy himoyachi o‘rniga tushgach, hujumda futbolchimiz bir nafarga ko‘paydi. Natijada bosim qildik va gol urdik.

Hamisha shunday darajada o‘ynashni istagan bo‘lardik. Lekin chempionat o‘yinlarida ruhiy holat baribir o‘zgaradi. Mashg‘ulot va uchrashuvlarda borimizni berib, ishtiyoq bilan o‘ynashda davom etishga urinamiz. Shunda o‘sishga erishamiz. Bugun kuchli jamoaga qarshi dadil o‘ynay oldik deb o‘ylayman", — dedi Emilian Karas.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 07:08, 13.10.2026.
O'qildi: 654 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик