Antuan Grizmann AQSHdagi yangi sarguzashtidan zavq olmoqda. U futbolga har doim o‘ziga xos bo‘lgan ishtiyoq va samimiyat bilan yondashishda davom etmoqda.
Ayni paytda «Orlando Siti» futbolchisi bo‘lgan fransiyalik hujumchi amerikalik klubdoshlarining hurmatini nafaqat texnik mahorati, balki ilk kundanoq namoyon etayotgan professionalligi va ishga bo‘lgan munosabati bilan ham qozondi.
Klub sport direktori Rikardo Moreyra va jamoadoshi Joran Jerbe L’Équipe nashriga bergan intervyularida Grizmannning kundalik hayoti haqida so‘zlab berishdi.
«U har doim birinchi bo‘lib keladi. Tongni kutib olish, mate ichish, yalangoyoq holda maysani va to‘pni his qilish uchun ertalab soat oltidayoq yetib keladi. Antuan ana shunday: haqiqiy professional va futbolning jonkuyar muxlisi», — deb yozadi manba.
Eslatib o‘tamiz, Grizmann Yevropada asosan Ispaniya chempionatida to‘p tepgan.













