Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/10 00:00 Rasing - Valensiya
12/10 18:45 Paxtakor 1-1 Al-Qodisiya
12/10 21:00 Al-Vasl 1-3 Al-Ahli (SA)
12/10 21:00 Traktor 0-0 Ash-Shamol
12/10 23:15 An-Nasr (SA) 3-1 Neftchi
12/10 23:15 Al-G‘arafa 1-2 Istiqlol
12/10 23:15 Al-Quva al-Javiya 1-4 Al-Ayn
13/10 00:00 Koventri Siti - Nyukasl
13/10 00:00 Levante - Sevilya

Davide Anchelotti «Arsenal»ni barqarorlik namunasi deb atadi

Davide Anchelotti «Arsenal»ni barqarorlik namunasi deb atadi

Baho:
+ | -

«Lill» bosh murabbiyi Davide Anchelotti «Arsenal»ni barqarorlik va izchillik namunasi sifatida e’tirof etdi. Seshanba kuni ushbu jamoalar Chempionlar ligasi umumiy bosqichining ikkinchi turi doirasida «Emireyts» stadionida o‘zaro bahs olib boradi.

2024/25 yilgi mavsumda «Arsenal» Chempionlar ligasi chorak finalida Karlo Anchelotti boshqargan «Real»ni musobaqadan chiqarib yuborgan edi. O‘sha paytda Davide otasining murabbiylar shtabida faoliyat olib borayotgandi.

«O‘shandayoq “Arsenal” sezilarli darajada kuchayib borayotgan edi. Muvaffaqiyatli ishtirok jamoaga ishonch bag‘ishladi va o‘tgan mavsumda finalga chiqish uchun poydevor yaratishga yordam berdi», — dedi mutaxassis Sky Sport Italia nashriga bergan intervyusida.

«Bu loyiha barqarorlik va izchillik namunasi bo‘lishi kerak. “Arsenal” maqtovga loyiq.

Barcha jamoalar “Arsenal”ga qarshi o‘z uslubiga sodiq qolishga harakat qilgan holda turlicha o‘ynadi. Bizning ham o‘z o‘yin uslubimiz bor. Oldimizda juda kuchli jamoa bilan murakkab sharoitda to‘qnash kelish vazifasi turganini anglagan holda, qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz».

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 07:54, 13.10.2026.
O'qildi: 330 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик