«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani darvozabon Manuel Noyerning Chempionlar ligasida «Viking»ga qarshi uchrashuvda ishtirok etishiga shubha bildirdi. O‘yin 13 oktyabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tadi.
«Augsburg» bilan o‘yindan keyin Noyer o‘zini noqulay his qilayotganini bildik. Bu qancha vaqt davom etishini aytish qiyin, ammo u kecha ham, bugun ham mashg‘ulotlarda qatnashmadi. O‘zini oqlamaydigan tavakkalga borishdan ma’no yo‘q. U o‘yin qaydnomasiga kiritiladimi-yo‘qmi, bilmayman, lekin uning asosiy tarkibda maydonga tushish ehtimoli juda past. Keyingi holatni kuzatib boramiz.
Biz Manuel mashg‘ulotlarga qayta oladi, deb umid qilgandik. Buni jarohat deb atashni istamayman, ammo u hali ham noxush hislarni boshdan kechirmoqda va ahvolida yaxshilanish yo‘q. Bir payt kelib chora ko‘rish kerakligini tushunasan. Agar u 100 foiz tayyor bo‘lmasa, uning salomatligini xavf ostiga qo‘ymaymiz», — deya Kompani so‘zlarini «Bavariya» rasmiy sayti keltiradi.
Eslatib o‘tamiz, myunxenliklarning Bundesligada «Augsburg»ga qarshi o‘tgan avvalgi uchrashuvida (2:2) Noyer o‘yinning dastlabki soniyalarida xatoga yo‘l qo‘ygan edi. Bu xatolik Germaniya chempionati tarixidagi eng tez golga sabab bo‘lgan.













