"Nyukasl"ning sobiq bosh murabbiyi Eddi Xau "Manchester Yunayted"ning yangi ustoziga aylanishi mumkin.
Bu haqda Football Insider nashri xabar bermoqda.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, agar Manchester klubi amaldagi bosh murabbiy Maykl Karrikni iste’foga chiqarishga qaror qilsa, Xau ushbu jamoani boshqarish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyor.
Ayni paytda "qizil iblislar" rahbariyati Karrik bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti. Shunga qaramay, klub mutaxassis iste’foga chiqarilishi ehtimolini inobatga olib, uning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan nomzodlarni o‘rganmoqda.
Qayd etilishicha, Eddi Xau yozda "Nyukasl"ni tark etganidan so‘ng murabbiylik faoliyatida tanaffus qilishga qaror qilgan. Biroq "Manchester Yunayted"dan tushishi mumkin bo‘lgan taklif uni ishga qaytishga undashi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Karrik shogirdlari Angliya Premyer-ligasining 6-turida o‘z maydonida "Tottenxem" bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Manchesterliklar raqibdan bir futbolchi ko‘p bo‘lib harakat qilganiga qaramay, g‘alaba qozona olmadi.
Hozirda "Manchester Yunayted" 6 ochko bilan Angliya chempionati turnir jadvalida 13-o‘rinni egallab turibdi.













