Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/10 00:00 Rasing - Valensiya
12/10 18:45 Paxtakor 1-1 Al-Qodisiya
12/10 21:00 Al-Vasl 1-3 Al-Ahli (SA)
12/10 21:00 Traktor 0-0 Ash-Shamol
12/10 21:30 Atalanta 3-1 Venetsiya
12/10 23:15 An-Nasr (SA) 3-1 Neftchi
12/10 23:15 Al-G‘arafa 1-2 Istiqlol
12/10 23:15 Al-Quva al-Javiya 1-4 Al-Ayn
12/10 23:45 Torino 2-1 Udineze
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya

Yoro "Manchester Yunayted"ni tark etib, "Bavariya"ga o‘tishi mumkin

Yoro "Manchester Yunayted"ni tark etib, "Bavariya"ga o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted"ning fransuz himoyachisi Leni Yoro faoliyatini Germaniya Bundesligasida davom ettirishi mumkin.

Bu haqda transferlar bo‘yicha insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Myunxenning "Bavariya" klubi vakillari 20 yoshli futbolchining "Manchester Yunayted"dagi vaziyatini diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Fransiyalik himoyachining transfer qiymati 45 million yevroga baholanmoqda. Uning "qizil iblislar" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.

Yoro joriy mavsumda "Manchester Yunayted"ning asosiy tarkibidan muqim joy egallay olmayapti. Hozirga qadar u Angliya Premyer-ligasida uchta uchrashuvda ishtirok etgan.

Hozircha "Bavariya" tomonidan futbolchini sotib olish yuzasidan rasmiy taklif yuborilgani haqida ma’lumot yo‘q.

Kiritildi: 13:34, 13.10.2026.
O'qildi: 477 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик