Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Rasman: Italiya A Seriyasida mavsumning to‘rtinchi murabbiyi iste’foga chiqarildi

Rasman: Italiya A Seriyasida mavsumning to‘rtinchi murabbiyi iste’foga chiqarildi

Baho:
+ | -

Italiya A Seriyasining 2026/2027 yilgi mavsumida to‘rtinchi murabbiy iste’fosi qayd etildi.

"Venesiya" klubi bosh murabbiy Jovanni Stroppa bilan hamkorlik to‘xtatilganini rasmiy sayti orqali e’lon qildi.

Mazkur qaror jamoaning Italiya chempionati 6-turida "Atalanta"ga qarshi o‘tkazgan uchrashuvidan so‘ng qabul qilindi. Bergamoda kechgan bahs "Venesiya"ning 1:3 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlangan edi.

Jamoa joriy mavsumda hozircha biror ochko jamg‘ara olgani yo‘q. "Venesiya" dastlabki olti turning barchasida mag‘lubiyatga uchrab, turnir jadvalining so‘nggi, 20-o‘rnini egallab turibdi.

Qoniqarsiz natijalarga qaramay, klub rahbariyati Stroppaga bajargan ishlari uchun minnatdorchilik bildirdi. Xususan, mutaxassisning o‘tgan mavsum yakunida "Venesiya"ni A Seriyaga olib chiqqani alohida e’tirof etildi.

Shu tariqa, Stroppa joriy mavsumda Italiya chempionatida o‘z lavozimini tark etgan to‘rtinchi bosh murabbiyga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyida "Fiorentina", "Bolonya" va "Parma" klublari ham bosh murabbiylarini almashtirgan edi.

Kiritildi: 15:42, 13.10.2026.
O'qildi: 630 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик