Myunxenning "Bavariya" klubi yarim himoyachisi Aleksandr Pavlovich jamoaning joriy mavsumdagi asosiy maqsadlari haqida fikr bildirdi.
22 yoshli futbolchi myunxenliklar barcha musobaqalarda eng yuqori natijaga erishishni ko‘zlayotganini ta’kidladi.
"Biz barcha musobaqalarda g‘olib chiqishni istaymiz. Maqsadimiz — Chempionlar ligasi, Germaniya kubogi va Bundesliga chempionligini qo‘lga kiritish", — deya Pavlovichning so‘zlarini keltiradi Bayern & Germany.
Joriy mavsumda germaniyalik yarim himoyachi barcha musobaqalar doirasida sakkizta uchrashuvda ishtirok etib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Ayni paytda "Bavariya" Germaniya Bundesligasining dastlabki besh turida 11 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.
Myunxenliklar peshqadamlik qilayotgan "Frayburg" va Dortmundning "Borussiya" klublaridan ikki ochko ortda qolmoqda.













