Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu joriy mavsumda o‘rtacha har ikki uchrashuvda bittadan gol urmoqda.
41 yoshli portugaliyalik futbolchi Osiyo Chempionlar ligasi Elit musobaqasida Farg‘onaning "Neftchi" jamoasiga qarshi bahsda ham o‘z hisobini gol bilan boyitdi.
Ronaldu uchrashuvning 42-daqiqasida raqib darvozasini ishg‘ol qilib, joriy mavsumdagi beshinchi golini kiritdi.
Bunga qadar u "Ad-Diriya", "Abha", "At-Ta’avun" va "Ar-Riyod" jamoalariga qarshi uchrashuvlarda ham gol urishga muvaffaq bo‘lgan edi.
Shu tariqa, portugaliyalik yulduz joriy mavsumda klubi va Portugaliya terma jamoasi safida jami 10 ta uchrashuvda ishtirok etib, 5 ta gol muallifi bo‘ldi.
Ronalduning ayni paytdagi o‘rtacha sermahsulligi har ikki o‘yinga bitta golni tashkil etmoqda.













