Italiyaning "Milan" klubi "Sassuolo" yarim himoyachisi Darril Bakolani o‘z transfer maqsadlari ro‘yxatiga kiritdi.
Bu haqda Calcio Mercato nashri xabar bermoqda.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, 18 yoshli fransuz futbolchisi "Milan"ga qarshi uchrashuvdagi harakatlari bilan jamoa bosh murabbiyi Ruben Amorimning e’tiborini tortgan.
Bakola o‘zining yuqori texnik mahorati va yoshiga nisbatan ancha yetuk o‘yini bilan mutaxassisda ijobiy taassurot qoldirgan.
2007 yilda tug‘ilgan yarim himoyachi joriy mavsumda Italiya A Seriyasida 300 daqiqadan ortiq maydonda harakat qildi. U "Sassuolo"ning "Yuventus" ustidan 3:2 hisobidagi g‘alabasida bitta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fransuz futbolchisi to‘pni raqibdan olib qo‘yish, hujumni oldinga rivojlantirish va tor hududlarda samarali harakat qilish qobiliyati bilan "Milan" e’tiborini qozongan.
Shu bilan birga, "Yuventus" ham Bakolaga qiziqish bildirmoqda. Xabarlarga ko‘ra, Turin klubi futbolchini sotib olish borasida muayyan ustuvor imkoniyatga ega. Shuningdek, "Roma" ham yarim himoyachining o‘yinlarini kuzatib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Sassuolo" joriy yil fevral oyida Bakolani Fransiyaning "Marsel" klubidan 10 million yevro evaziga sotib olgan edi.
Hozirga kelib, futbolchining transfer qiymati kamida ikki baravarga oshgan. Ayrim xabarlarga ko‘ra, uning narxi 30 million yevrodan ham yuqori bo‘lishi mumkin.













