Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

«Manchester Yunayted»ning ahvoli achinarli: Skoulz futbolchilarga qattiq gapirdi

«Manchester Yunayted»ning ahvoli achinarli: Skoulz futbolchilarga qattiq gapirdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted»ning sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz jamoaning Angliya Premyer-ligasida «Tottenxem»ga qarshi o‘tkazgan uchrashuvidan (1:1) keyin futbolchilarning harakatlarini keskin tanqid qildi.

Maykl Kerrik shogirdlari mazkur bahsda raqib bir kishi kam bo‘lib harakat qilganiga qaramay, hisobdagi ustunlikni saqlab qola olmadi. «Tottenxem» 92-daqiqada javob golini kiritib, durangni ta’minladi.

Skoulzning fikricha, manchesterlik futbolchilarga hal qiluvchi vaziyatlarda ruhiy barqarorlik va g‘alabani saqlab qolish qat’iyati yetishmayapti.

«Bu jamoa, ochig‘ini aytganda, bosimga dosh berolmaydigan futbolchilardan tashkil topgan.

Aynan hozir g‘alaba qozonish kerak bo‘lgan palla. Bu chempionlikni qo‘lga kiritish degani emas, balki chempionlik uchun kurashish imkonini beradigan o‘ringa chiqib olish vaqti.

Hozirdanoq pul tikishga tayyorman: dekabr oyiga borib, bu jamoa chempionatda oltinchi yoki yettinchi o‘rinda bo‘lishi, Chempionlar ligasida esa qiynalib qolishi mumkin.

Shundan keyin ular kutilmaganda g‘alaba qozona boshlashadi. Chunki o‘sha paytga kelib, odamlar ularga unchalik e’tibor bermay qo‘ygan bo‘ladi», — dedi Skoulz The Good, The Bad & The Football podkastida.

Ma’lumot uchun, «Manchester Yunayted» joriy mavsumda Angliya Premyer-ligasining dastlabki oltita uchrashuvida atigi bir marta g‘alaba qozondi va ayni paytda turnir jadvalida 13-o‘rinni egallab turibdi.

Manchesterliklar so‘nggi to‘rtta o‘yinda g‘alaba qozona olmagan.

Noyabr oyidagi xalqaro tanaffusga qadar Maykl Kerrik shogirdlarini «Lids», «Bornmut», «Chelsi» va «Aston Villa»ga qarshi uchrashuvlar kutmoqda.

Kiritildi: 18:27, 13.10.2026.
O'qildi: 644 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик